Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
21 fevral 2020
7222
Bugun, 21 fevral kuni Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi. Viloyat rahbari o‘z so‘zida shaharda bugun to‘planib qolgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy baho bergan.
“Muhokamalardan so‘ng, Rashidov Qahramon Botirovichni Chirchiq shahar hokimi vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Rustam Xolmatovning tavsiyasiga ko‘ra, deputatlar tomonidan Yusupov Sanjar Mirtoirovich Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Sanjar Yusupov 2018-2020 yillar davomida Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

LiveBarchasi