Chirchiq IIBdan yosh yigitning o‘ligi chiqdi
3-sahifa
−
02 dekabr 2023
16195Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov hibsxonasidan 2001 yilda tug‘ilgan yigit o‘zini osgan holda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
Tahririyatga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, yigit joriy yilning 20 noyabr kuni o‘g‘rilik jinoyatida gumonlanib qamoqqa olingan. U 1 dekabr kuni soat 02:30 larda hibsxonada o‘zini osgan holda topilgan.
Yigitning o‘z joniga qasd qilishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Hibsxona kamerasidagi tasvirlarga ko‘ra, yigit o‘zini choyshabga osgan.
Ammo manbaning ma’lum qilishicha, o‘zini osgani aytilgan bo‘lsa-da, yigitning burni singani va tanasida jarohatlar borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng yigitning ota-onasi o‘g‘lining jasadini ko‘mishga ruxsat bermagan va ekspertiza o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Hozirda QALAMPIR.UZ jurnalisti holatni o‘rganmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijondagi tergov hibsxonasida bolali ayol kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi