Chirchiq davlat pedagogika institutida yangi fakultet ochiladi
Jamiyat
−
30 mart 2019
7955Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.
Qaror bilan Institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Unga muvofiq, o‘quv jarayoni takomillashtirilib xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlanadi.
Qaror bilan Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Reja doirasida bitiruvchilar bandligini nazorat qilish maqsadida Institut veb-saytida elektron monitoring blogi yaratiladi.
Institutda iqtisodiyot sohasida yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi.
LiveBarchasi