Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik xavf ostidami?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi ustida qurilayotgan yangi ko‘prik xavf ostida ekani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

“Ma’lumki, ayni kunlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘li qurilishida yangi yo‘l o‘tkazgich va avtoyo‘l ko‘priklari qurilish ishlarining birinchi bosiqichi sifatida Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik bunyod etilmoqda. 

Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi 3632-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu ob’ekt qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilot “Ko‘prikqurilishta’mirlash direksiyasi” UK, bosh loyiha tashkiloti: “Ko‘prikqurilishloyiha” UK va bosh pudratchi tashkilot: 13-Ko‘prikqurilish otryadi” UKdir. 

Qurilish ob’ekti 2019 yil yanvar oyida Toshkent viloyat qurilish nazorat inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ob’ektdagi qurilish-montaj ishlari ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borilmoqda. 

Hozirgi kunda ob’ektda qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 98 foizga bajarilgan. Chirchiq daryosi qirg‘oqlarini to‘rt tomondan monolit temir-betondan mustahakamlash ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 100 foizga tugallangan.

Ko‘prik uchun ajratilgan mintaqada xech qanday noqonuniy qurilish ishlari olib borilmayapti.

Ko‘prik bosh tomonida o‘rnatilgan svay (buronabivnыye) qoziqlari qazib o‘rnatilgan chuqurligi 23m bo‘lib, geologik hulosalarga asosan ushbu joyda qum-shag‘al aralashmasi chuqurligi 30-35mni tashkil etadi.

Tosh maydalagichga tegishli bo‘lgan shag‘al qazib olish ishlari ko‘prikdan ancha uzoqda olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek, ko‘prik bosh tomonida ko‘prik o‘qining chap tomonida noqonuniy shaxslar tomonidan shag‘al qazib olish ishlari olib borilayotgani yuzasidan esa ushbu faoliyat turi bo‘yicha litsenziya mavjudligi va bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya qo‘mitasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolati dooirasidagi ishlar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chirchiq Ko'prik

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing