Chirchiqdagi zavodda chiqqan yong‘in o‘chirildi. Jabrlanganlar bor

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Maxam Chirchiq” AJ sexida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda korxonada vujudga kelgan yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Holat tufayli zavodning jarohatlangan 2 nafar xodimi Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda.

“Hodisa oqibatida atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan.

Hodisaning sabab va oqibatlarini atroflicha baholash mutaxassislar tomonidan alohida tekshiruvni talab qilishi tufayli, keyinroq batafsil axborot beriladi”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni soat 8:30 larda Chirchiq shahridagi “Maxam Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida portlash va yong‘in yuz berdi.

Hozirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari Chirchiq shahridagi portlash bo‘lgan korxonaga yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in portlash Chirchiq

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing