Chirchiqda yo‘lovchi poyezdi ishchini urib ketdi
3-sahifa
−
18 fevral 2022
6408Joriy yilning 16 fevral kuni Toshkent viloyatidagi korxona hududida yo‘lovchi poyezdi ishchilardan birini urib yubordi.
Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, fojia Chirchiq transformator zavodida yuz bergan.
Korxona ishchi xizmatchisi bo‘lgan Sh.K.ni Chirchiq tumani “Chirchiq-Aranchi” temir bekati 38 km.da Toshkent-Xojikent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi yulovchi poyezd urib yuborgan.
Oqibatda Sh.K. voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi