Chirchiqda uyning yuvinish xonasidan 26 yoshli ayolning jasadi topildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 aprel kuni soat 21:30 larda Chirchiq shahri, 3-kichik tumanida yashagan 1994 yil tug‘ilgan ayol K.M.ning murdasi uyining yuvinish xonasidagi yalang‘och holatda tashqi ko‘rinishidan yengil tan jaroxatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, K.M. joriy yilning 25 mart kuni Qozog‘istondan qaytib kelgani va u 14 kun mobaynida Samarqand viloyatida karantinga olingani sababli, COVID-19 infeksiyasidan vafot etganliginidan shubhalanib, shahar DSEOM xodimlari tomonidan namunalar olingan va K.M.da koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Shu sababli, uning o‘limi yuzasidan 28 aprel kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

28 apreldagi STE dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, K.M.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya ensa sohasi yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi, bosh ensa va yon sohalari teri osti qon quyilishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

23 aprel kuni soat 23:00 larda K.M.ning xonadoniga tanishi 1998 yilda tug‘ilgan R.X. kelib, ular birga spirtli ichimliklar ichib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida R.X. K.M.ning buyin sohasini bo‘g‘ib, bosh qismini yerga urib, tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etganligi, R.X. uning murdasini yuvinish xonasiga olib kirib vannaga solganligini, lekin u o‘ziga kelmaganligi sababli uning xonadonidan Samsung J7 rusumli telefonini olib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 29 aprel kuni shahar prokuraturasi tomonidan R.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Chirchiq

Baholaganlar

1360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing