Chirchiqda ikki bolaning onalari va buvilari janjallashdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 17 may kuni soat 19:00 larda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 5 yoshli bola 2 yoshli bolani itarib yuborgani sababli ayollar o‘rtasida janjal yuz berdi.

Tergov departamentining ma’lum qilishicha, 22 yoshli P.Nodira onasi 43 yoshli N.Xanipa bilan Istiqbol ko‘chasi hududidagi jamoat joyi hisoblangan 67-sonli yotqoxona oldida joylashgan bolalar maydonchasida voyaga yetmagan 2 yoshli farzandini 25 yoshli B.Milananing 5 yoshli farzandi tomonidan itarib yuborib yiqitganligini vaj qilib, B.Milana va onasi B.Ivanovani haqorat qilib, urib do‘pposlaganlar.

Natijada B.Milana va B.Ivanova Chirchiq shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Nodira va N.Xanipalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Chirchiq

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing