Chirchiqda IIB xodimini urgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 oktyabr kuni karantin qoidalarini buzib, IIB xodimining xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Soat 23:00 da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan. 

Xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida N.S. faol qarshilik ko‘rsatgan holda o‘ng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

31 oktyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura karantin

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing