Chirchiqda aholi “svet” yo‘qligi uchun yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida aholi elektr energiya yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ygani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 16 yanvar kuni Chirchiq shahrida elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli “Humo” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar, asosan ayollar norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Voqea joyiga shahar hokimi Davron Hidoyatov yetib kelib, aholidan uzr so‘ragan va elektr energiyasi tiklanishini hokim shaxsan nazorat qilgan. Shundan 40 daqiqa o‘tib, aholi elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Mahalladagi eski transformator ta’mirlangan, shuningdek, yangi transformator olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yunusobod tumanida aholi elektrda uzilishlar bo‘layotganidan shikoyat qilib, elektr tarmoklari korxonasida janjal ko‘targani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Chirchiq norozilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing