Chinozda fuqaro salkam 9 kg giyohvand moddasi bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
16 aprel 2019 4611 1 daqiqa
Joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida tumanning G‘ayrat mahallasi Tinchlik ko‘chasida yashovchi B.N. Amir Temur MFY Tillatopgan ko‘chasida 8 kg 890,3 gr “marixuana” giyohvand moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust