“Chingizxon” rolini o‘ynagan aktyor koronavirusga qarshi kurashmoqda
Madaniyat-san’at
−
04 mart 2020
11267Xitoy tomonidan suratga olingan “Chingizxon” teleserialida Temuchin rolini gavdalantirgan aktyor ayni damda Uxanda shifokor bo‘lib ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aktyor Keersinbi Shaoge yosh bolaligida Temuchin rolini ijro etgan. U tibbiyot universitetini tugatganidan so‘ng, Ichki Mo‘g‘uliston markaziy yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokor bo‘lib ishlay boshladi.
Koronavirus paydo bo‘lganidan so‘ng, Uxanda ishlashga yuborilgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Chingizxon” — 30-qismli Xitoy seriali hisoblanadi. U Xitoy Markaziy televideniyesida 2004 yilda namoyish etilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 92 138 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3136 kishi vafot etdi. 48 313 bemor shifo topgan.
Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2945 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (5186 – 34), Eron (2336 – 77), Italiya (2036 – 52), Eron (2336 – 77), Italiya (2036 – 52), Yaponiya (274 – 6), Fransiya (191 – 6), Germaniya (165 – 0), Ispaniya (120 – 0), Singapur (108 – 0), AQSH (103 – 6), Gonkong (100 – 2).
LiveBarchasi