Chimayev va Dias jangi bekor bo‘ldi. UFC ularga boshqa raqib berdi

Sport

image

Ertaga, 11 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 279 musobaqasining asosiy kardida jiddiy o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, UFC 279 ning asosiy jangi Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasida kechishi kerak edi. Ammo Hamzat belgilangan vazndan 3,5 kg og‘irroq chiqqan. Bu vaziyatda Dias jang o‘tkazishdan bosh tortib, UFC'dan yaxshigina kompensatsiya undirishi yoki bo‘lmasa, Chimayevning ham gonorarlarining bir qismini olish evaziga oktagonga ko‘tarilishi mumkin edi. Ammo Neyt jangdan voz kechish yo‘lini tanladi.

Biroq promoushen rahbari Dana Uayt muammoning oqilona yechimini topdi.  Dana asosiy karddagi janglarning raqiblarini o‘zaro almashtirdi. Unga ko‘ra, markaziy jangda ikki afsona Neyt Dias va Toni Fergyuson to‘qnash keladi. Hamzat Chimayevga esa Kevin Xolland nasib qildi. Aslida Fergyuson bilan to‘qnash kelishi kerak bo‘lgan Li Jinliang Daniel Rodriges bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Avvalroq, UFC 279 turniri oldidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan matbuot anjumani bekor qilingan edi. Bunga sabab sifatida Dias va Chimayevning jamoalari o‘rtasida kelib chiqqan ommaviy janjal ko‘rsatilgan. Mushtlashuvda ikki tarafdan 100 kishi ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hamzat Chimaev

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing