Chimayev-Uittaker jangi ham bekor bo‘ldi

Sport

image

Chechenistonlik yengilmas jangchi Hamzat Chimayev shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda yana bir MMA jangchisi Muhammad Eskerxonov Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. 

“Har bir qiyinchilikdan keyin yengillik keladi”, deb yozgan Eskerxonov.

Qayd etish joiz, Chimayev 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida avstraliyalik Robert Uittaker bilan jang o‘tkazishi kerak edi, biroq Hamzat jarohat olgani bois jang bekor qilindi. 

30 yoshli Chimayev MMA'dagi faoliyati davomida jami 13 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Chimayev olti marta raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida UFC 294 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida sportchi Kamaru Usmon bilan to‘qnash kelib, hakamlar qaroriga ko‘ra raqibidan ustun kelgan. 33 yoshli Uittaker hisobida 25 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makregor-Chendler jangi bekor qilingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hamzat Chimaev Robert Uittaker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing