Chimayev UFC’da qaysi mamlakat nomidan ishtirok etishini ma’lum qildi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasida yengilmas UFC jangchisi Hamzat Chimayev (10-0) qaysi davlat vakili ekanligi haqida aytib o‘tdi. 

“Men Rossiya vakiliman deyishim mumkin. Chunki har bir chechen Rossiya pasporti bilan yuradi. Rossiyadagi barcha millatlar bir xil pasportga ega. Men dunyo odamiman. Nima uchun, “u chechen”, “u rus”, deb aytishimiz kerak. Bayroq bilan chiqmasligimning sababi bor. Bayroqlar o‘zgaradi. Masalan, SSSRda bitta bayroq bor edi, endi Rossiyaniki umuman boshqacha. Biroq odamlar o‘zgarmaydi. Men barcha yaxshi insonlar tomonidaman”, deydi Chimayev. 

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev so‘nggi bor joriy yilning 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida Xitoy vakili Li Jinliangni birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasidayoq bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan va reytingda 11-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, sportchi 1994 yilda Checheniston Respublikasida tug‘ilgan. U 19 yoshida oilasi bilan Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgan, shuning uchun o‘sha mamlakat pasportiga ega.

 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Hamzat Chimaev Li Jinliang

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing