Chimayev bo‘lajak jangiga ishora qildi
Sport
−
14 aprel
2395Rossiyalik yengilmas UFC jangchisi Hamzat Chimayev o‘zining navbatdagi jangi haqida tez orada e’lon qilinishiga shama qildi.
“Yaxshi xabar bor”, deb yozdi Chimayev.
UFC bosh direktori Dana Uayt Chimayevning navbatdagi chiqishi shu haftada e’lon qilinishi mumkinligi aytdi. Jangchi janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi bilan o‘rta vazn toifasida (84 kg gacha) chempionlik uchun jang qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Hamzat Chimayev 30 yoshda. Chechenistonlik sportchi UFC'dagi debyutini 2020 yilda o‘tkazgan. Oktyabr oyida UFC 308'dagi so‘nggi jangida u avstraliyalik sobiq chempion Robert Uittakerni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.
LiveBarchasi