Chilonzorga vaqtincha hokim tayinlandi. Avvalgisi daraxtkushlik ortidan “uchgandi”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga Jamoliddin Xusnuddinovich Xojimanov hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi qabul qilingan.

“Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xojimanov Jamoliddin Xusnuddinovichga Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin”, deyiladi hujjatda.

Qayd etish kerakki, Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov hududdagi daraxtkushlikdan keyin ishdan olingandi. U bilan birga tuman prokurori I.Bozorov ham ishdan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

486

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing