Chilonzorda mast yigit qotillikka qo‘l urdi
Jamiyat
−
11 iyul 2019
4794Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28 yoshli yigit 27 yoshli yigitning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy 9 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli R.R. mast holda bo‘lgan Chilonzor tumani 3-dahada yashagan, muqaddam sudlangan 27 yoshli M.R.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uni pichoq bilan jarohatlagan.
Natijada M.R. shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.R.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Chilonzor tumanida 43 yashar erkak 28 yashar yigitni qasddan o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.