Chilonzorda maoshini ololmagan obodonlashtirish xodimlari hokimlikka to‘plangani aytilmoqda
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
6612Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hokimiyat oldiga to‘plangani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, ishchilar oyliklarini to‘liq miqdorda olishmayotgani va kechikayotgani sababli norozilik bildirishmoqda.
Tarmoqda tarqalgan videoga keltirilgan izohda, obodonlashtirish xodimlariga mas’ullar “qayerga borsanglar boringlar, pul yo‘q!” deyishgan.
Bundan tashqari, obodonlashtirish xodimlari ularga ishlash uchun yetarli sharoit yaratilmaganidan ham shikoyat qilgan. Xususan, ishchilar ularga hattoki hojatxona yo‘qligi, kafe va oshxonalar esa o‘z hojatxonasiga kirgizmasligi, shuningdek odamlar ham avtobusga chiqarmasdan ulardan jirkanayotganini ta’kidlashgan.
Mazkur video yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi