“Chilonzor” metro bekati ustida yer usti yo‘l o‘tkazgichi qurish haqida taklif bildirildi

Jamiyat

image

Hududining kattaligi va aholi soni bo‘yicha O‘zbekistondagi eng katta shahar hisoblanadigan Toshkent shahri yo‘llarida avtoulovlar juda serqatnov. Sutkaning har qanday soatida qatnovlar deyarli uzilmaydi. Bunday yo‘llarda transport vositalari va avvalo piyodalar xavfsizligini ta’minlash birmuncha murakkab.

Shu sababdan, “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Chilonzor” metro bekati ustida yer usti yo‘l o‘tkazgichi qurish haqida taklif bildirilgan.

“Shahrimizdagi “Chilonzor” metro bekati ustida joylashgan ko‘prikning ikki yon tarafidan piyodalar o‘tish yo‘laklarida avtomobil qatnovning zichligi hamda piyodalar sonining ko‘pligi turli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishiga olib kelyapti”, deyiladi murojaatda. 

Bildirilishicha, ushbu tumanda yashovchi aholi, xorijiy mamlakatlardan hamda viloyatlardan kelgan mehmonlar va ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari hamda yoshlar har kuni ushbu yo‘llarni kesib o‘tishga majbur. 

Ushbu chorrahada piyodalar ishtirokidagi YTH sonining yildan-yilga oshib borayotganligi mazkur masalaga mas’ullarning o‘z vaqtida e’tibor qaratishi zarurligini ham ko‘rsatmoqda, deyiladi murojaat matnida.

“Shularni inobatga olgan holda “Chilonzor” metro bekati ustida joylashgan ko‘prikning ikki yon tarafidan piyodalar uchun yer usti yo‘l o‘tkazgichlari (“Novza” metro bekati ustidagi singari) qurishni taklif etaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi masalani mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqishi va ijobiy hal etishi zarur. Ushbu ko‘priklarning foydalanishga topshirilishi natijasida minglab piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing