“Chilonzor”dagi o‘rmonga o‘t ketdi (video)

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 avgust kuni soat 17:15 da “112” tizimi orqali Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududida joylashgan “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”ga qarashli “Xomkon” o‘rmon bo‘limida quruq o‘t va shox-shabbalar yongani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea hududiga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”ga tegishli xodimlar va maxsus texnikalar safarbar qilingan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlarida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 194 nafar xodim va 8 ta texnika, o‘rmon xo‘jaligidan 60 nafar xodim va 3 ta texnika, shuningdek, mahalliy aholidan 55 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Joriy yilning 13 avgust soat 17:30 holatiga ko‘ra, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolar jarohat olgani haqida ma’lumot yo‘q. Ayni paytda yong‘in nimadan kelib chiqqanini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan omborxonada yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing