Chilida kit sayohatchini yutib yubordi (video)
Bu qiziq
−
14 fevral
28060Chili Patagoniyasi qirg‘oqlarida kit 20 yoshli erkakni avval yutib, keyin uni tashqariga uloqtirib yubordi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Adrian Simankas otasi Dell bilan Magellan bo‘g‘ozidagi San-Isidro mayoqchasi yaqinidagi kemada sayr qilayotganida, kit suv yuziga chiqib, Adrian va uning kemasini bir necha soniyaga yutib yuborgan va sal o‘tib tashqariga chiqarib tashlagan.
Voqea yuz berganda bir necha metr narida bo‘lgan Dell o‘g‘lini xotirjam bo‘lishga undagan holda bu hodisani videoga olgan.
“Men o‘zimni o‘lgan, kit meni yutib, yeb yubordi deb o‘ylagandim”, deydi Adrian
Chili suvlarida kitlarning odamlarga hujumi juda kam uchraydigan bo‘lsada, so‘nggi yillarda yuk kemalari bilan to‘qnashuv oqibatida kitlarning o‘limi ko‘paygan va oxirgi o‘n yillikda kitlarning yo‘qolib qolishlari takrorlanadigan muammoga aylangan.
Ma’lumot uchun, Chili poytaxti Santyagodan taxminan 3000 kilometr janubda joylashgan Magellan bo‘g‘ozi Chilidagi Patagoniyadagi sarguzashtlar bilan mashhur bo‘lgan asosiy sayyohlik markazidir. Bo‘g‘ozning sovuq suvlari dengizchilar, suzuvchilar va turli yo‘llar bilan o‘tishga harakat qiladigan tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi.
LiveBarchasi