Chetga ishlashga ketayotganlar 304 ming 95 so‘m to‘lab, malaka imtihonidan o‘tishi shart
Jamiyat
−
12 iyun 2019
3966Joriy yilning 11 iyun kuni “Chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun to‘lov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 so‘m) etib belgilandi.
Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi