Chery Uzbekistan gibridli 7 o‘rindiqli Tiggo 8 Hybrid va yangilangan Tiggo 7 turkumini taqdim etdi

Biznes

image

Joriy yilning 30 yanvar kuni Chery kompaniyasi modellar qatorini kengaytirish va gibrid texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 2026 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini taqdim etdi. Taqdimot doirasida yetti o‘rindiqli Tiggo 8 Hybrid gibrid krossoveri va bir qator texnik va estetik jihatdan takomillashtirilgan Tiggo 7 modellar qatorining keng ko‘lamli yangilanishi namoyish etildi. Ikkala turdagi yangi avtomobillar sotuvga chiqarilgan va mamlakatning barcha rasmiy dilerlik markazlarida mavjud.

Tiggo 8 Hybrid: keng sig‘imli xususiyati va zamonaviy texnologiyalari

Muhim yangiliklardan biri sifatida yetti o‘rinli Tiggo 8 Hybrid gibridi hisoblanadi. Model kenglik muhitini afzal ko‘radiganlar uchun ayni muddao bo‘lib, to‘liq uch qatorli salonni o‘zida mujassamlashtirgan. 238 ot kuchiga ega mazkur avtomobil kombinatsiyalangan rejimda 100 km masofaga atigi 5,2 litr yonilg‘i sarflagan holda 1200 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga qodir.

Krossoverning ichki jihozlanishi har bir safarni texnologik darajadagi sayohatga aylantiradi. Interer 15,6 dyuymli multimedia ekrani va muhim ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri old oynada namoyish etuvchi proyeksiyali displey (HUD)ga ega bo‘ldi. Premium versiyasida yo‘lovchilar “birinchi toifaga” xos qulaylik – old o‘rindiq o‘zida oyoqlarni ko‘tarib turuvchi tayanch (otmomanka) va massaj funksiyasini jamlagan. Intellektual muhitni SONY premium toifadagi audio tizimi va murakkab buyruqlarni aniqlay oladigan yangilangan ovozli yordamchi funksiyalari kengaytiradi.

Tiggo 7 turkumining yangilanishi: tafsilotlarga urg‘u

Ommabop Tiggo 7 oilasi ham keng ko‘lamli yangilanishga ega bo‘ldi. Asosiy o‘zgarishlar nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki texnik jihatga ham ta’sir qildi. Shunday qilib, Premium komplektatsiyasida endi turli yo‘l sharoitlarida ravon ishlashni ta’minlaydigan olti pog‘onali robotlashtirilgan transmissiya qo‘llaniladi.

Pro Max komplektatsiyasi 19 dyuymli yengil qotishmali disklar va o‘rindiqlarni ventilyatsiya qilish funksiyasiga ega premium toifadagi qora-jigarrang interer bilan alohida ajralib turadi. Hatto Life versiyasi ham o‘z toifasi uchun ajoyib opsiyalar to‘plamini taklif etmoqda: panoramali tom qismidan tortib O‘zbekiston iqlimi uchun maxsus ishlab chiqilgan to‘liq qishki mavsum uchun isitish to‘plamigacha.

Amaldagi narxlar

2026 yil yangi mahsulotlari uchun narx takliflari*:

Tiggo 7:

  • Life — 274 900 000 so‘m;
  • Pro Premium — 319 900 000 so‘m
  • Pro Max — 339 900 000 so‘m

Tiggo 8 Hybrid yetti o‘rindiqli gibrid krossoveri:

  • Luxury — 399 900 000 so‘m;
  • Premium — 419 900 000 so‘m

* Izoh: Ko‘rsatilgan narx to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish sharti bilan amal qiladi (100 foiz to‘lov). Moliyaviy dasturlar (kredit, muddatli to‘lov yoki lizing) orqali avtomobil xarid qilinganda, yakuniy narx farq qilishi mumkin.

Ushbu taqdimot brendning qulaylik va haydovchilarning dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirilgan zamonaviy avtomobil yechimlarini taklif etishga bo‘lgan intilishini yana bir karra tasdiqladi. Chery’ning O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy dilerlik tarmog‘ida avtomobillar bilan yaqindan tanishish va test-drayvdan foydalanish mumkin.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Chery Tiggo 8 Hybrid Tiggo 7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing