Chernobil AES zonasida yong‘in keltirib chiqargan shaxs ushlandi

Olam

image

Ukraina politsiyasi Chernobil AES da hamon davom etayotgan yong‘inni keltirib chiqarishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 37 yashar mahalliy aholi vakili.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u uyi yaqinidagi axlatni yoqqqan. Shundan so‘ng, cho‘g‘ qoldiqlarini aravaga tashlagan va ular bilan birga qishloq tashqarisiga chiqib ketgan. Borib ularni quruq xashaklar ustiga ag‘dargan. Yong‘in sodir bo‘lganidan keyin, u olovni o‘zi o‘chirishga urinib ko‘rgan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan.

Ta’kidlanishicha, shamol ta’siri ostida yong‘in maydoni oshib borgan, alanga o‘rmonga tarqalgan. So‘ngra olov zararlangan zonaga kirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Chernobil zararlangan zonasida o‘rmon yong‘inlari 4 aprel kuni boshlandi. U uchta o‘rmon xo‘jaligi hududiga tarqaldi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘t qo‘yishda gumon qilingan shaxs aniqlandi va unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

AES Chernobil'

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing