Chempionlikni nishonlayotgan 13 yashar bola vafot etdi

Sport

image

Bugun, 20 iyul kuni Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 13 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimiyatiga tayanib, “Europa Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Ispaniyaning Syudad-Rodrigo shahri markazidagi maydonda sodir bo‘lgan. O‘smir Ispaniya g‘alabasini nishonlayotgan boshqa yoshlar bilan birga favvora ustiga chiqqan. Shu payt inshootning bir qismi qulab tushib, tosh bo‘laklaridan biri uning ustiga tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruvchilar yetib borgan. Ular birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga uringan, biroq o‘smir olgan og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida yana uch kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing