Chempionlar ligasining barcha chorak final juftliklari aniq bo‘ldi
Sport
−
09:44 1396 1 daqiqa
Kecha, 18 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yakunlangan bosqich uchrashuvlaridan so‘ng Chempionlar ligasi chorak finalida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.
Chorak final uchrashuvlari aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Juftliklar quyidagicha:
- “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) – “Liverpul” (Angliya);
- “Barselona” (Ispaniya) – “Atletiko Madrid” (Ispaniya);
- “Real Madrid” (Ispaniya) – “Bavariya” (Germaniya);
- “Sporting” (Portugaliya) – “Arsenal” (Angliya).
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlari joriy yilning 7-8 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 14-15 aprel kunlariga belgilangan. Bu mavsumga musobaqaning final uchrashuvi 30 may kuni Vengriyadagi “Budapesht Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasi Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Live
Barchasi