Chempionlar ligasida o‘ynaydigan o‘zbeklar bittaga ko‘paydi

Sport

image

Kecha, 25 avgust kuni Umarali Rahmonaliyev to‘p tepadigan jamoa Ozarbayjonning “Sabah” klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida Isroilning “Xapoel Beer-Sheva” jamoasini yirik hisobda mag‘lub etib, turnirning asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tofiq Bahramov nomidagi Respublika stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv Baku klubining 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

10-daqiqada Igor Zlatanovich “Xapoel”ni oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Kristian Nvachukvu hisobni tenglashtirdi.

61-daqiqada Gay Mizraxi Isroil jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Biroq 74-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Tellur Mutallimov “Sabah”ning uchinchi golini urdi va uchrashuvni qo‘shimcha vaqtga olib chiqdi.

Qo‘shimcha vaqtda Orfe Mbina 101-daqiqada, Joy-Lans Mikkels esa 115-daqiqada gol urib, “Sabah”ning 5:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, “Sabah” ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, tarixida birinchi marta Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Buxarestda o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda “Xapoel Beer-Sheva” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing