Chempionlar ligasida “Haftaning eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi
Sport
−
28 noyabr 1097 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe joriy yilning 26 noyabr kuni “Olimpiakos”ga qarshi qayd etgan to‘rtta golidan so‘ng Chempionlar ligasidagi “Haftaning eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. Fransiyalik yulduzning yorqin o‘yini sabab “Real Madrid” safarda grek klubini 4:3 hisobida mag‘lub etgan edi.
Mbappe bu gollari bilan turnirning to‘purarlari ro‘yxatida ham 9 gol bilan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. U ushbu turda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Vitinya, Per-Emerik Obameyang va Seru Girassi kabi futbolchilarni ortda qoldirdi va “Haftaning eng yaxshi futbolchisi” unvonini qo‘lga kiritdi.
Kilian Mbappe uchala golni birinchi bo‘limda atigi 6 daqiqa 42 soniya ichida urib, uchrashuv borishini tubdan o‘zgartirgan edi. Fransiyalik hujumchi ikkinchi bo‘limda o‘zining to‘rtinchi golini ham kiritib, “Real Madrid”ning uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasiga barham berib, jamoaga zarur bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi.
Bu g‘alaba “Real Madrid”ning “Olimpiakos”ga qarshi beshinchi safar o‘yinida qo‘lga kiritilgan ilk zafar bo‘ldi. Natijada madridliklar ochkolarini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida beshinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Live
Barchasi