Chempion, tabriklayman – Kloze Messini rekord bilan qutladi
Sport
−
23 iyun 1207 1 daqiqa
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messining Jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha rekord o‘rnatganidan hayratda emasligini ma’lum qildi. U bu haqda Germaniyaning “Süddeutsche Zeitung” nashriga bergan intervyusida aytdi.
Avvalroq, Messi Klozeni ortda qoldirib, Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadamga aylangani haqida xabar bergan edi.
“Men har doim Messi haqida yuqori fikrda bo‘lganman. Men uchun u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Chempion, tabriklayman”, deydi Kloze.
Eslatib o‘tamiz, Messi birinchi turda Jazoirga qarshi bahsda (3:0) xet-trik qayd etgan edi. Avstriyaga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba bilan Argentina terma jamoasi muddatdan avval pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ma’lumot uchun, Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda jahon chempioni bo‘lgan, 2014 yilgi mundial finalida ishtirok etgan. Shuningdek, u 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni hamda ikki karra Amerika kubogi g‘olibi (2021, 2024) hisoblanadi. Uning hisobida rekord darajadagi sakkizta “Oltin to‘p” mukofoti ham mavjud.
Live
Barchasi