Chempion sportchilar va ularning murabbiyiga pul mukofoti topshirildi

Sport

image

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida xalqaro maydonlarda sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan sportchilarni mukofotlash uchun tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va murabbiylarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov jahon arenalarida yuksak natijalar qayd etib kelayotgan sportchilarni mukofotlash to‘g‘risidagi Prezident farmoyishini o‘qib eshittirdi.

Farmoyishga asosan sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019 yil 12-20 iyul, Qozog‘iston), eshkak eshish (2019 yil 21-25 avgust, Vengriya), dzyudo (2019 yil 25-31 avgust, Yaponiya), boks (2019 yil 6-22 sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019 yil 14-22 sentyabr, Qozog‘iston) bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilarga hamda ularning trenerlariga bir marta to‘lanadigan pul mukofotlari tantanali topshirildi.

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Kuziyeva Ro‘za Rashidovna – parapauerlifting bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Lutfullayev Sharofuddin Rustamovich – dzyudo bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Assakalov Rustam Sixatbiyevich – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o‘g‘li – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Guliyev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Mamadaliyev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari.

Shuningdek, ushbu sportchilarning trenerlari, jumladan, Kabinov Istam Ashurovich, Erkayev Bahodir Turg‘unovich, Qilichev To‘lqin Maxmurovich (barchasi boks), Karmeyev Artyom Ravilevich (eshkak eshish) jahon chempionlarini tayyorlaganligi uchun 6 000 AQSH dollari, Qilichev Farrux Komilovich (boks), Siddiqov Isroil Ismoilovich (yunon-rum kurashi), To‘raboyev Bekzod Saitqulovich (dzyudo) hamda Umurzoqov Fazliddin Abdulboqiyevich (parapauerlifting) jahon chempionatlarining kumush medali sohiblariga ustozlik qilgani uchun 3 000 AQSH dollari, Ahmedov Burxon Bahromovich (boks), Ponomaryov Aleksandr Viktorovich (eshkak eshish), Mirzadiyorov Rustam Islomovich (eshkak eshish), Ro‘ziqulov Ravshan Raxmatulloyevich (yunon-rum kurashi) hamda Hikmatov Olimjon Azizovichlar (erkin kurash) esa jahon chempionatlarining bronza medali sohiblarini tarbiyalagani uchun 3 000 AQSH dollari miqdoridagi bir marotaba to‘lanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati mukofot

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing