Chelyabinskdagi shifoxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi shifoxonada kislorod ballonlari joylashgan xonada portlash yuz berdi. Bu haqda RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"130 kvadrat metr maydonda chiqqan yong‘in lokalizatsiya qilindi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonada jami 158 kishi davolanmoqda, hodisa oqibatida jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in binoning birinchi va ikkinchi qavatlarini qamrab olgan. Yaqin atrofdagi 9 qavatli turar-joy binosining oynasi shikastlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk Rossiya

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing