“Chelsi” rahbari Todd Bouli Portugaliyadan klub sotib olmoqchi

Sport

image

Londonning (Angliya) “Chelsi” klubiga egalik qiluvchi amerikalik Todd Bouli Portugaliyadan ham jamoa sotib olmoqchi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi”ning xo‘jayini o‘tgan yozda London klubi akademiyasi rahbari Nil Bat va agent Jorje Mendesh bilan Portugaliyadan klub sotib olish masalasini gaplashgan. Muzokaralar davomida jamoa sotib olish konsepsiyasi muhokama qilingan.

Bat “Chelsi” bilan hamkorlik qilish uchun eng yaxshi jamoani topish ustida ishlamoqda. Mendesh esa kelishuvga vositachilik qilishi mumkin.

SALT  (Strategic Arms Limitation Talks ) anjumanida so‘zga chiqqan Bouli “City Football Group” va “Red Bull” kabi ko‘p klubli jamoa shakllantirish niyatida ekanligini aytgan.

“Biz ko‘p klubli model yaratish haqida gaplashyapmiz. Men qamrov zonasini kengaytirishda davom etishni istardim”, degan “aristokratlar” rahbari.

Ma’lumot uchun, Todd Bouli AQSHdagi bir qator beysbol va basketbol jamoalarining aksiyadori hisoblanadi. U 2021 yilda dunyoga mashhur “Los-Anjeles Leykers” basketbol klubining 27 foiz ulushini xarid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Todd Bouli

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing