“Chelsi”ning ukrainalik futbolchisi doping testidan o‘ta olmadi
Sport
−
17 dekabr 2024 2009 1 daqiqa
“Chelsi” yarim himoyachisi Mixail Mudrik doping-testdan ijobiy o‘tdi. Bu haqda “Tribuna” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ukrainalik futbolchi “A” namunasida taqiqlangan modda topilgan. Namuna oktyabr oyining oxirida olingan. O‘shanda Angliya chempionatida mavsumning sakkizinchi va 9-tur o‘yinlari davom etayotgandi. Yaqin kunlarda Mudrikdan “B” tekshiruvi ham o‘tkaziladi. Agar “B” test ham dastlabki tahlilni tasdiqlasa, futbolchi uzoq muddatli diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Mudrik 7 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi, biroq Konferensiyalar ligasida u 6 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli futbolchi o‘tgan yil yanvar oyida aristokratlar safiga kelib qo‘shilgandi. “Chelsi” futbolchi transferi uchun 100 million yevro sarflagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025