“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubiga o‘tdi

Sport

image

Nigeriya terma jamoasi va “Chelsi” klubining sobiq yarim himoyachisi Viktor Mozes rasman Qozog‘istonning “Qaysar” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 24 yanvar kuni Viktor Mozes “Qaysar” klubi tomonidan rasmiy tarzda tanishtirildi. Nigeriyalik futbolchi yangi mavsumda Qizilo‘rda klubi sharafini himoya qiladi.

“Viktor Mozes o‘z faoliyati davomida bir qator Yevropa gigantlari safida maydonga tushgan va yuqori mahorati bilan tanilgan. Uning “Qaysar”ga o‘tishi jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlarini amalga oshirishda muhim omil sifatida baholanmoqda.

Klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi Viktorning tajribasi va mahorati jamoaning rivojlanishiga, shuningdek, yosh futbolchilarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonishadi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, Viktor Mozes “Chelsi” safidagi Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u Angliyaning “Kristal Pelas”, “Uigan Atletik”, “Liverpul”, “Stok Siti” va “Vest Xem”, Turkiyaning “Fenerbahche”, Italiyaning “Inter” va Rossiyaning “Spartak” jamoalarida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Viktor Mozes “Qaysar”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing