“Chelsi” murabbiyligi uchun jiddiy nomzod paydo bo‘ldi

Sport

image

“Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino muzokaralar chog‘ida “Chelsi xo‘jayini Todd Boulida ijobiy taassurot qoldirdi. Bu haqda “The Independent “ xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 51 yoshli argentinalik mutaxassis Boulini o‘zi boshchiligidagi jamoani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli qarashlari bilan hayratda qoldirgan.

50 yoshli Pochettino 2022 yilning yozida PSJdan iste’foga chiqqandi. O‘shandan beri argentinalik mutaxassis ishsiz.

“Chelsi” esa 2 aprel kuni Grem Potterni klub bosh murabbiyligidan bo‘shatgandi. Potter o‘rniga Frank Lempard vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida jamoa ketma-ket to‘rt marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

“Chelsi” hozirda 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Maurisio Pochettino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing