“Chelsi” bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum qilindi

Sport

image

Fransiyaning “Strasburg” klubi ustozi Liam Rosenor Londonning “Chelsi” klubida bosh murabbiy lavozimni egallashi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis allaqachon Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib borgan va yaqin kunlarda rasmiy ravishda klub bosh murabbiyi lavozimini egallashi kutilmoqda.

41 yoshli Rosenor ilgari Angliyaning uchinchi va ikkinchi divizionlaridagi “Derbi” va “Xall” klublarida ishlagan va 2024 yildan beri Fransiyaning “Strasburg” klubini boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa Liga 1'da yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 yanvar kuni “Chelsi” rahbariyati Enso Mareskani bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilgan edi. Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Fabritsio Romano “Chelsi” Liam Rosen'or

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing