“Chelsi” “Benfika” yetakchisiga ko‘z tikdi

Sport

image

Lissabonning “Benfika” klubi  hujumchisi Gonsalo Ramushga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar yozgi transfer oynasida portugaliyalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Bo‘lajak kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Ramush joriy mavsumda “Benfika” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 doirasidagi to‘rtta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ramush 2020 yildan beri “Benfika” safida to‘p suradi. Uning “burgutlar” bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Benfika” Gonsalo Ramush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing