“Chelsi” “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotib olmoqchi. Bu haqda “El Nacional”

Ma’lum qilinishicha, “aristokratlar” 24 yoshli gollandiyalik futbolchining transferi uchun 40 million yevro taklif qilmoqda. Ispaniya grandi bu taklifni rad etishi kutilmoqda, chunki klub ushbu transferdan 60 million yevro ishlab olmoqchi. 

“Chelsi”dan tashqari “Bavariya”, “Manchester Siti”  va “Manchester Yunayted” ham De Yong tarnsferi borasida harakatlarni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi 2019 yilning yozida “Ayaks”dan 86 million yevro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. Niderlandiyalik yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 24ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. De Yongning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali futbolchining transfer narxini 70 million yevroga baholagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Frenki De Yong

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing