“Chelsi” ayollar futbolidagi rekord transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

“Chelsi” bu safar pul sarflashga va ayollar futbolida transfer rekordini o‘rnatishga tayyor. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

“Aristokratlar” transfer rekordini yangilashga va “Oltin to‘p” sohibi “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati uchun 2,5 million funt to‘lashga tayyor. Bu uning shartnomasida kompensatsiya sifatida belgilangan miqdor. Hozirda Bonmati Kataloniya klubi bilan yangi shartnomasi bo‘yicha kelishmagan va amaldagi kelishuv 2025 yilda tugaydi.

UEFA ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finalida “Barselona” va “Lion” o‘zaro kuch sinashdi. Kataloniya jamoasi o‘zi bir yil oldin qo‘lga kiritgan Yevropaning eng yaxshi jamoasi unvonini munosib himoya qildi. “Lion”ga qarshi bahsda Aytana Bonmati g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Aytana Bonmati faoliyati davomida 256 ta o‘yinda 89 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Aytana Bonmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing