“Chelsi” afsonasi musulmon bo‘ldi
Sport
−
08 noyabr 2022 6073 1 daqiqa
Kot-d'Ivuarlik sobiq futbolchi Dide Drogba e’tiqodini o‘zgartirdi. Bu haqda “Goal France” nashri xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Islom dini ulamolaridan biri, mashhur professor Muhammad Saloh Drogbaning duoga qo‘l ochgani aks etgan suratlarni ulashdi. Ma’lumot uchun, Drogba o‘z mamlakati futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Sobiq futbolchi faoliyatining eng yulduzli onlarini Londonning “Chelsi” klubida o‘tkazgan. “Aristokratlar” safida Drogba APL g‘olibligini va Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Drogbaning so‘nggi to‘p surgan klubi AQSHning “Finiks Rayzing” jamoasi bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025