“Chelsi” 53 yillik rekordini takrorladi
Sport
−
08 noyabr 2024 4674 1 daqiqa
“Chelsi” 1971 yildan beri ilk bor Yevropa o‘yinlarida bir bo‘limda oltita gol urdi. Konferensiya ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida “Chelsi” “Noa”ni qabul qilib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.
London klubi birinchi bo‘limda raqib darvozasini olti marta ishg‘ol qildi. Oxirgi marta klub bunday natijaga 1971 yilda Kubok egalari kubogi bahsida erishgan. O‘shanda “Chelsi” “Jeness Osharaj”ni 13:0 hisobida mag‘lub etdi va birinchi bo‘limda ham 6 ta gol urgan.
“Chelsi” hozirda 9 ochko bilan Konferensiya ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda London klubi “Xaydenxaym” bilan to‘qnashadi. O‘yin 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Siti” Yervopa Chempionlar ligasida 7 yillik antirekordini takrorlagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025