Chekka-chekka hududlarda ham yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9 iyul kuni “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Agentlik, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflari ma’qullandi:

•    “O‘zneftmahsulot” AJ tasarrufidagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini tadbirkorlik sub’ektlariga auksion savdolari orqali sotish hamda olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashning muqobil tizimini joriy qilish;

•    gaz ta’minoti bo‘yicha viloyat, tumanlararo (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish va iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini bajarish uchun xususiy operatorlar boshqaruviga bosqichma-bosqich berish;

•    “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan, avval qabul qilingan hukumat qarorlariga muvofiq sotish ko‘zda tutilgan aktivlarini, sotuvga qo‘yilgan paytdan boshlab bir oy davomida talabgorlar bo‘lmagan taqdirda boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan sotish;

•    “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari ustav kapitalidagi ulushlarini 4-ilovaga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berish;

•    “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning servis tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ulushlarini 5-ilovaga muvofiq Agentlikka berish;

•    tabiiy gazni va suyuq uglevodorodlarni qazish, qayta ishlash, tashish, uzatish va sotishning barcha bosqichlarida resurslar hisobini yuritish bo‘yicha elektron uskunalarni qo‘llash orqali ularning alohida hisobi yuritilishini joriy etish;

•    O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga uglevodorod xomashyosi yangi konlarini aniqlash, zaxiralarni ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, geologiya qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha funksiyalarni berish.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Energetika vazirligi O'zbekneftgaz

Baholaganlar

7

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing