MTV bolalarni zaharlashni rejalashtirganlar ustidan tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Avvalroq, maktabgacha ta’lim tashkilotining ikki xodimi o‘rtasidagi telefon orqali suhbat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani, unda MTT xodimasi ikkinchi hamkasbiga bolalarni zaharlash orqali mudirani ishdan bo‘shatish rejasi borligini so‘zlab bergani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tekshiruv ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha bayonot berdi. Unda shunday deyiladi: 

“Joriy yilning 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum ikki ayolning, telefon orqali, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasini bolalarning zaharlanishi ayblovi orqali lavozimdan ozod qildirish maqsadida yashirin rejasi yozilgan audioyozuv tarqaldi. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlaganligini ma’lum qiladi. Holatni o‘rganish bo‘yicha barcha ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. Tekshiruv natijalari haqida batafsil xabar berib boramiz”.


Maqola muallifi

Teglar

MTV

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing