Chexiyada o‘zbekistonlik temir plitadan qulab, vafot etdi

Jamiyat

image

Chexiya poytaxti Praga shahrida 55 yashar O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa sabab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda. 

Rasmiy xabarda aytilishicha, 1964 yilning 20 may kuni tug‘ilgan o‘zbekistonlik Aljion Urajbekov joriy yilning 8 iyun kuni Praga shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa (temir plitaning qulashi) oqibatida vafot etdi. 

9 iyun kuni konsullik-huquqiy masalalarini joyida hal qilish uchun Chexiyaga borgan Berlindagi elchixona xodimiga mazkur fakt politsiya tomonidan tasdiqlandi. 

Ayni vaqtda mazkur hodisa tergov ishlari bilan Chexiya kriminal politsiyasi shug‘ullanmoqda. 

Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytilmoqda.  

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya,  Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn,  Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Berlin shahridagi elchixonaga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin:  +49-30-3940980. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan ob’ektda yashin urishi natijasida 1995 yilning 11 fevral kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston fuqarosi

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing