Chexiya NATO kuchlarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat berdi

Olam

image
Kutilmagan qaror: Turkiya Ukrainaning iltimosini rad etdi north_east

Kutilmagan qaror: Turkiya Ukrainaning iltimosini rad etdi

Bugun, 25 fevral kuni Chexiya hukumati respublika hududi bo‘ylab NATO qo‘shinlarining harakatini ma’qullovchi hujjatni tasdiqladi. Bu haqada mamlakat Mudofaa vaziri Yana Chernoxova matbuotga ma’lum qilgan.  

Hujjatda NATO qo‘shinlariga mamlakt hududi bo‘ylab zarur shart-sharoitlar yaratib berish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Shimoliy Atlantika alyansiga Chexiya hududidagi aerodromlardan foydalanish huquqi ham berilgan. 

“Hukumat Ukrainadagi vaziyatni inobatga olib, NATO bo‘linmalarining respublika hududi bo‘ylab harakatlanishini hamda ularni zarur logistika va boshqa turdagi xizmatlar bilan ta’minlashni ma’qulladi. Ularga yoqilg‘i quyish uchun mamlakat aerodromlaridan foydalanishga ruxsat berildi”, degan Mudofaa vaziri.

Shuningdek, Chernoxovaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Kiyevga sovg‘a qilingan 152 mm kalibrli 4000 ta artilleriya snaryadlarini Chexiya respublikasidan haligacha olib chiqib ketmagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Ukrainaga nisbatan boshlagan harbiy harakatlar ortidan Yevropa qit’asida yuzaga kelgan tahdid sababli NATO kecha, 24 fevral kuni Sharqiy Yevropaga o‘z qo‘shinlarini joylashtirishi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing