Chegaralarda ba’zi mansabdorlar uchun tekin bo‘lgan VIP zallar tashkil etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, endilikda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar ko‘rsatilishi haqida xabar bergan edik. 

Mazkur hujjatda keltirib o‘tilgan O‘zbekekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlarida alohida toifali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘laklari to‘g‘risidagi nizom loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlarida alohida toifali yo‘lovchilarga maxsus zallarda pullik xizmatlar ko‘rsatishni tartibga soladi shuningdek, ushbu VIP zallardan yo‘lovchi sifatida bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini belgilab beradi.

Unga ko‘ra, VIP zali faoliyati ustidan nazorat o‘tkazish punktidagi bojxona va chegara xizmatlari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.

VIP zalining jihozlanishi, ta’minoti va ishlash tartibi:

VIP zali ko‘rsatuvchi tegishli belgi, alohida kirish va chiqish eshiklari, dam olish joyi, ovqatlanish xonasi, hojatxona, bojsiz savdo do‘konlari, chegara va bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun maxsus punktlar, telefon, faksimil va Internet aloqa xizmatlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

VIP zalining jihozlanishi unda xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

VIP zallaridan foydalanuvchi shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi hamda ko‘rikdan o‘tkazilishiga, o‘tkazish punkti imkoniyatlaridan kelib chiqib alohida yo‘lak ajratiladi.

VIP zallarining ish vaqti o‘tkazish punkti ish rejimidan kelib chiqib, hududiy bojxona organi va chegara qo‘shinlari rahbarlari tomonidan kelishilgan holda belgilanadi.

VIP zallaridan foydalanish uchun to‘lovlar:

VIP zallarida Nizomda ko‘rsatilgan shaxslarga xizmat ko‘rsatilishi bepul asosda, VIP zallaridan foydalanish istagini bildirgan boshqa shaxslarga xizmat ko‘rsatish belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif bo‘yicha to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.

VIP zallarida ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar uchun tarif bo‘yicha to‘lovlar Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlarining joylardagi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda, xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning miqdori va darajasiga qarab belgilanadi.

VIP zalida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif bo‘yicha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumot o‘tkazish punktiga kirish joyidagi peshtaxtada, DBQning rasmiy veb saytiga joylashtirilishi, shuningdek, VIP zali bo‘yicha navbatchining ish stolida bo‘lishi lozim hamda yo‘lovchining birinchi talabida taqdim qilinishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Chegara VIP zal

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing