Chegarada yana otishma
Olam
−
04 Sentabr 2019
7571Bugun, 4 sentyabr kuni tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma yuz berdi.
Isfara shahri hokimi Iqbol Teshayev so‘zlariga ko‘ra, Xo‘ja (Tojikiston) va O‘rta-Bo‘z (Qirg‘iziston) qishloq aholisi o‘rtasida yangi mojaro yuzaga kelgan.
Qirg‘iziston bozor qurmoqchi bo‘lgan joyda Tojikiston tomoni yo‘l qurishi harakati kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro to‘qnashuv aks etgan video tarqalgan. Unda havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzilishini eshitish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida Xo‘ja va O‘rta-Bo‘z qishloqlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. O‘sha vaqtda tomonlarning biri yuz metr asfalt yotqizishga harakat qilgan.
Shuningdek, 2 sentyabr kuni shag‘alni mashinalarda tashilishi sababli Varux va Oqsay aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi.
Tojik-qirg‘iz chegarasining uzunligi taxminan 970 kmni tashkil qiladi. Ikki respublika chegarani bo‘lish ishlarini yakuniga yetkazmagan.
LiveBarchasi