Cheferin – UEFA prezidentligiga yagona nomzod. U 4 yil muddatga qayta saylanadi
Sport
−
17 fevral 2023
2371UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tashkilot rahbarligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Sloveniyalik mutaxassisga saylovda munosib raqib yo‘qligi sababli, u 5 aprel kuni Lissabonda bo‘lib o‘tadigan UEFA'ning 47-kongressida to‘rt yil muddat rahbarlikka qayta saylanadi.
55 yoshli Cheferin 2016 yildan beri UEFA'ni boshqarib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Cheferinning futboldagi faoliyati 2005 yilda “Litiya” futzal klubida boshlangan. Shuningdek, u “Lyublyana Loyers” havaskorlar jamoasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi, 2006 yildan 2011 yilgacha esa “Olimpiya Lyublyana” klubi boshqaruv xodimi bo‘lib faoliyat olib borgan. 2011 yildan esa Sloveniya futbol ittifoqi prezidenti bo‘lib ishlagan. 2016 yilda Cheferin UEFA prezidenti sifatida saylanishi munosabati bilan Sloveniya futbol ittifoqidagi faoliyatini yakunlagan.
LiveBarchasi