Chechenistonda juda tez va sekin musiqalar taqiqlandi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 6 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasi Madaniyat vazirligi mintaqada ijro etiladigan musiqalarga cheklovlar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Unga ko‘ra, chechen hukumati mintaqadagi barcha musiqiy, vokal va xoreografik asarlar uchun daqiqada 80 dan 116 gacha urish tezligini majburiy qilib qo‘ygan.

Chechenistondagi ijodiy guruhlar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda Madaniyat vaziri Musa Dadayev respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan kelishilgan holda, o‘ta tez va sekin musiqa tinglashni taqiqlash bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qilgan. 

Uning aytishicha, mamlakatda san’at asarlarining chechen mentaliteti va musiqiy ritmiga mos kelishi borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

“Biz xalqqa va farzandlarimizga, kelajakka chechen xalqining madaniy merosini: urf-odatlarimizni, an’analarimizni yetkazishimiz kerak”, degan  Dadayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi, sobiq Madaniyat vaziri Oyshat Qodirova Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan edi. Uning o‘rnini Musa Dadayev egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

taqiq Checheniston musiqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing